Kontent qismiga o`tish

Zebra

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zebra
Zebra

Zebra, Afrika yovvoyi otlari (Equus) hamda otlar kenja urug`i. Tanasining uzunligi 200--240 sm, bo`yi yag`rinidan 120--140 sm, dumi 47-- 54 sm, vazni 350 kg gacha. Tanasining rangi -- oq va qora ko`ndalang yo`lyo`l chiziqli (himoya rangi). Yoli kalta va tik, dumining uchida uzun qillardan iborat popugi bor.Ochiq dashtlarda 10--30 tadan poda bo`lib yuradi. Juda ehtiyotkor, tez yuguradi. 1--1,5 yoshida voyaga yetadi. Homiladorlik davri 346--390 kun. Qo`lga o`rganadi, tutqinlikda ko`payadi. Ot va eshak bilan chatishadi. Zebralarning 4 turi bor. Tog` zebrasi (Ye. zebra) Janubi-G`arbiy Afrikada tarqalgan, ko`rinishi eshakka o`xshaydi, 3. orasida eng kichigi.Burchellov zebrasi (Ye. burchelli) Sharqiy va Markaziy Afrikada tarqalgan. Grevi zebrasi (Ye. grevyi) Sharqiy Afrika (Janubiy Efiopiya, Somali, Keniya)da tarqalgan, ancha yirik, toychasining yelkasidan dumigacha tik va to`q qizil juni bo`ladi. Bu belgi otlar qad. ajdodlarining yoli faqat bo`ynida emas, orqasida ham bo`lganligini ko`rsatadi. Bugungi kunda qirib yuborilgan kvaggi zebrasi Janubi-Sharqiy Afrikada yashagan, ko`rinishi otga o`xshagan. Qimmatli terisi uchun ko`plab ovlanishi tufayli 3. soni keskin kamayib ketgan. Tog` va grevi zebralari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan (yana qarang Toq tuyoqlilar).[1]

  1. | O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrog`iga almashtirish kerak.