Balanit
- l`rby@
- Belaruskaia
- B'lgarski
- Catala
- khwrdy
- Deutsch
- dhivehibas
- Ellenika
- English
- Espanol
- Euskara
- frsy
- Suomi
- Francais
- Gaeilge
- hindii
- Bahasa Indonesia
- Italiano
- Ri Ben Yu
- K'azak'sha
- hangugeo
- Kyrgyzcha
- Bahasa Melayu
- Nederlands
- odd'iaa
- Portugues
- Russkii
- Slovencina
- Srpski / srpski
- Svenska
- Toch'iki
- Tagalog
- Tatarcha / tatarca
- Ukrayins'ka
- Tieng Viet
- Vahcuengh
- Zhong Wen
- IsiZulu
Balanit, balanopostit (yunoncha balanos - jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) - jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yallig`lanishi bo`ladi(balanopostit). Ko`proq bolalarda olat boshi qisilib, chiqmay qolgan hollarda kuzatiladi (qarang Fimoz). Birlamchi va ikkilamchi balanit uchraydi. Olat chekka kertmagining kambar bo`lishi, unda siydik tomchisi yoki smegma to`planib qolib, unga mikroblar tushishi, shuningdek uretrit, qand kasalligi va boshqa natijasida vujudga kelishi mumkin. So`zak, zaxm asoratlari, fimoz ham balanitga sabab bo`ladi. Olat boshi sohasi shishib, qizaradi, maddalaydi, achishish, qichishish alomatlari paydo bo`lib, bu ayniqsa bemor siygandan keyin zo`rayadi. Lohaslik, bosh og`rig`i, haroratning ko`tarilishi, ba'zan chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Balanitning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon, eroziyali, yiring-yarali xillari bor. Kasallikning ilk alomatlari paydo bo`lganda, darhol urolog-vrachga (siydik a'zolari mutaxassisi) uchrashish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi, asosan yallig`lanishga qarshi dorilar (antibiotiklar, dezinfeksiyalovchi eritmali vanna va boshqalar) buyuriladi. Og`irroq hollarda jarrohlik usuli qo`llanadi. Balanitning oldini olish uchun o`g`il bolalar gigiyena qoidalariga amal qilishlari, agar fimoz bo`lsa, o`z vaqtida davolatishlari lozim bo`ladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- | O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan. |
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |