Kontent qismiga o`tish

Accelerated Graphics Port

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qo`shib yordam qiling. (2024-10)

AGP (ingliz tilidan olingan bo`lib, Accelerated Graphics Port -- tezlashtirilgan grafik port degan ma'noni bildiradi) -- Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yil ishlab chiqilgan bo`lib, videokarta uchun mo`ljallangan 32-bitli tizimli shina. Intel Pentium MMX chipset MVP3, Super Socket 7 li MVP5 protsessorlarga mo`ljallangan chipsetlar bilan bir vaqtda paydo bo`lgan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy vazifasi o`rnatiladigan video xotira sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va videokarta narxini kamaytirish. Intel g`oyasiga ko`ra AGP-kart uchun katta hajmdagi video xotira kerak emas edi, chunki texnologiya umumiy xotiraga yuqori tezlikdagi kirishni ko`zda tutar edi.
Undan avval bo`lgan PCI shinadan farqi:

  • 66 MGs takt chastotada ishlashi;
  • yuqori o`tkazuvchanlik qobiliyati;
  • DMA va DME xotirasi bilan ishlash rejimi;
  • operatsiya va ma'lumotlar uzatishga so`rovlar ajratish;
  • PCI farqli ravishda katta energiya iste'moli bilanvideokartalarni qo`llash imkoniyati.


AGP modifikatsiyasi
Birinchi turi (AGP1.0 spetsifikasi) AGP 1x kamdan- kam ishlatiladi, chunki DME rejimida xotira bilan ishlashda kerakli tezlikni ta'minlab beradi, shundan so`ng darxol loyixalashda 1 ta taktda 2 ta ma'lumotlar blokini yuborish imkoniyati qo`shildi, bu AGP 2x edi. 1998 yilda ikkinchi turi (AGP2.0 spetsifikasi) AGP 4x chiqdi, u bitta taktda 4 ta blokni qayta yuborishi mumkin edi va 1 gb/s atrofida o`tkazuvchanlik imkoniyatiga ega edi. Kuchlanish darajasi odatiy 3.3 V o`rniga 1.5 V gacha kamaytirildi. AGP 8x shinasi (AGP3.0 spetsifikasi) bitta taktda endi 8 ta blokni uxatadigan bo`ldi, shu tariqa shinaning o`tkazuchanlik qobiliyati 2 Gb/s ga etdi. Shuningdek standartga 2 ta videokartani (analog tarzda ATI Cross Fire, Nvidia SLI) qo`llash imkoniyati kiritilgan edi, biroq ishlab chiqaruvchilar tomonidan bu imkoniyat ishlatilmadi. Zamonaviy videokartalar 40 Vt dan yuqori bo`lgan katta quvvatni talab qilar edi, AGP shina esa buni beraolmas edi. Shu tariqa qo`shimcha mabba raz'yomlar mavjud bo`lgan AGP Pro spetsifikatsiya paydo bo`ldi.

Xotiraga kirish imkoniyati

  • - DMA (ingl. Direct Memory Access) -- xotiraga kirish imkoniyati, ushbu rejimda asosiy xotira bo`lib kartada o`rnatilgan videoxotira xisoblanadi, teksturalar ishlatilishidan avval kompyuterning tizimli xotirasidan u erga nusxalanadi. Ushbu rejim yangi emas edi, xuddi shu printsip asosida ovozli kartalar, ayrim kontrollerlar va shunga o`xshashlar ishlaydilar.
  • - DME (ingl. Direct in Memory Execute) -- ushbu rejimda viduo asosiy va videoxotira go`yoki umumiy adres muhitida mavjud bo`lganday bo`ladi. Umumiy muhit adreslarni ko`rsatuvchi adres yrdamida bloklar tomonidan 4 kb bo`yicha emulyatsiyalanadi. (Graphic Address Remapping Table, GART). Shu tariqa ma'lumotlarni asosiy xotiradan videoxotiraga nusxalash endi kerak emas, bu jarayon AGP teksturatsiyalash deb ataladi.

So`rovlar navbati
Ma'lumotlarni asosiy xotiradan videoxotira kartaga uzatish ikki etapda amalga oshiriladi, dastlab 64 bitli adres yuboriladi, u erdan ma'lumotlarni o`qib olish kerak, so`ng ma'lumotlarni o`zi uzatiladi. AGP shinasi uzatish ikki variantni ko`zda tutadi:

  1. birinchisi -- PST shinasi bilan mos ma'lumotlar va adres so`rovlari bitta kanal bo`yicha amalga oshiriladi;
  2. ikkinchisi -- SBA (Side Band Addressing) rejimida, alohida yon tomonlama shina bo`yicha, shu tariqa, oldingilarini olishni kutmasdan turib, yangi ma'lumotlarga so`rovni yuborishi mumkin.

Rivojlanish
Xozirgi vaqtda AGP slotli ona platalari amalda chiqarilmayapti, AGP standart barcha g`oyalari tezroq bo`lgan PCI Express tomonidan bozordan siqib chiqarildi. AGP standartning videokartalari kam miqdorda chiqarilmoqda va analogli PCI- E kartdan qimmatroq turadi (,,o`tkazma -- mikrosxema" PCI -- E AGP qo`llanishi uchun).