|
< Back | Wikipedia | Home | Light Mode PythonPython (['p^Ith (@)n] -- payton, piton) -- turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning o`qilishiga urg`u beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yo`naltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek Python sun'iy intellekt hamda ma'lumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi. Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud bo`lib, uning nomi -- IronPython dasturlash muhitidir. Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga e'lon qildi. Python dasturlash tiliga bo`lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko`ra, 2020--2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko`p talab bo`lgan. Unda Lua tiliga o`xshab, bir vaqtning o`zida bir nechta o`zgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi o`zgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita o`zgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin: x, y = y, xVa uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin: def function(): x = "Jimbo" y = "Wales" return x, y # -*- coding: utf-8 -*- print("Salom, dunyo!") # -*- coding: utf-8 -*- Agar siz print('') deb '' ni orasiga istalgan so'zni yozsangiz anashu so'z chiqadi. Masalan: print('salom vikipedia')Natija: salom vikipedia
Source: uz.wikipedia.org |