< Back | Wikipedia | Home | Dark Mode


Maryland


Shtat Marilend bayrog`i Marilend tamg`asi

Shtat laqabi: Eski Chegara Shtati; Ozod Shtat
(Old Line State; Free State)

Mamlakat AQSh Poytaxt Annapolis Eng yirik shaharlar Baltimor
Geyzersburg
Rokvill
Maydon

* Butun
* % suv

AQSh: 42-o`rinda

32,131 km2
21.22 %

Aholi

* Butun (2021)
* Zichlik
* Senat o`rinlari
* Elektoral ovozlari

AQSh: 19-o`rinda

6,177,224
209.23 kishi/km2
8
10

YIM

* YIM
* YIM/kishi

AQSh: 15-o`rinda

$227,991 million
$40,996

Ittifoqqa kirish

* Sana

7-bo`lib

28-aprel 1788

Vaqt UTC-5 (EST) Qisqartma MD [24] Shtat guli Black-eyed susan

(Rudbeckia hirta)

Shtat daraxti White oak (see also: Wye Oak)

(Quercus alba)

Maryland (talaffuzi: Merilend) -- Amerika Qo'shma Shtatlardan biri bo`lib, AQShning O`rta-Atlantika hududida joylashgan. Maydoni 27,1 ming km2. Hududining kattaligiga ko`ra, shtat Yevropadagi Belgiya davlatiga qiyoslansa bo`ladi. Aholisi 6,2 mln. kishi (2020), shundan shahar aholisi 81%. Ma'muriy markazi -- Annapolis shahri, eng yirik shahri va porti -- Maryland. AQSh ittifoqiga 28-aprel 1788-yilda 7-shtat bo'lib kirgan. AQSh So`rovlar Byurosi 2007-yil avgustda taqdim etgan ma'lumotga ko`ra, Maryland hozir AQShning eng boy shtati hisoblanadi (undan avval New Jersey shtati edi). Shtatdagi bir xo`jalikning o`rtacha yillik daromadi 65 ming 144 AQSh dollarini tashkil qiladi. Chesapik qo`ltig`ining har ikki sohiliga tutashgan. Sharqiy qismida sohilbo`yi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), g`arbiy qismida Appalachi tog`lari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iqlimi mo`tadil yumshoq, sernam iqlim. Yanvarning o`rtacha temperaturasi 2--3deg, iyulniki 25-- 27deg. Yillik yog`in 1000 mm. Tog` yon bag`irlari o`rmonlar bilan qoplangan. Xo`jaligining yetakchi tarmog`i -- sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. KdegRa metallurgiya sanoati rivojlangan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), radioelektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xo`jaligi tovar mahsulotining yarmidan ortig`ini chorvachilik beradi. Qoramol, cho`chqa, parranda boqiladi. Shtatning g`arbiy qismida tamaki yetishtiriladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Maryland orqali Atlantika okeani sohilini Vashington shahri bilan boglovchi muhim yo`llar o`tgan.


Ushbu maqolada O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan.



Qidiruv Toggle the table of contents Maryland 195 ta til Mavzu qo`shish

Source: uz.wikipedia.org